12 million internet foydalanuvchisining hayotini kuzatish jarayoni shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlarda faol kishilar o‘rtacha uzoq umr ko‘rishar ekan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu ijtimoiy faollik va «tashqi dunyo» bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liqdir. Bu haqda Terabayt.uz yozmoqda.
«Onlayn-muloqot, aftidan, sog‘liq uchun foydali, ayniqsa offlayn muloqotga ziyon etmagan va u bilan o‘zaro uyg‘unlashtirilgan holatda olib borilsa. «Tashqi dunyo» bilan muloqot qilmay, butun hayotini onlaynda o‘tkazish esa, aksincha, hayot davomiyligining qisqarishiga sabab bo‘lishi mumkin», — dedi San-Diegodagi Kaliforniya universitetidan Uilyam Hobbs.
Hobbs va bir necha olimlar, jumladan Facebook kompaniyasi mutaxassislari Kaliforniya shtatida yashovchi, ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tgan va tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lgan bir necha million kishining hayotini kuzatib, shunday xulosaga kelishdi.
Olimlarning ta’kidlashicha, tadqiqotlar to‘liq anonim holatda o‘tkazilgan — barcha shaxsiy ma’lumotlar tahlil dasturi tibbiy yozuvlar va Facebook ichki statistikasini taqqoslab bo‘lishi bilan o‘chirib tashlandi. Uzoq umr ko‘ruvchilar ro‘yxatiga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tashqari, hech qachon akkaunti bo‘lmagan kishilar ham kirgan. Ularning yoshi 25-70 oralig‘ida bo‘lgan.
Yarim yillik ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlardan me’yorida foydalanish erta o‘lim xavfini 12 foizga pasaytirgan. Bu global tarmoq orqali muloqot qilish bilan birga, odatda tarmoq foydalanuvchilarining yaxshi ta’minlangan kishilar ekanligi bilan ham bog‘liq, zero moliyaviy etishmovchilik tufayli ko‘p insonlarning kompyuter yoki smartfon sotib olishga qurbi etmaydi.
Shunisi qiziqki, asosan do‘stlashish taklifini yuborgan emas, ularni qabul qilgan kishilar boshqalarga nisbatan ko‘proq yashar ekan. Bu tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, tibbiy jihatdan qiziq, chunki shifokorlar ko‘pincha yangi hissiyotlar va uzoq umr ko‘rish uchun bemorlarga yangi do‘stlar orttirish ni maslahat berishadi.
Mazkur tadqiqot muallifi va homiysi Facebook tarmog‘ining o‘zi ekanini hisobga olsak, xulosalarga to‘liq ishonib bo‘lmaydi, albatta. Shunga qaramay, maqola mualliflari yuzlab boshqa tadqiqotlarda ham onlayn-muloqotning foydali ekanini tasdiqlovchi shunga o‘xshash xulosalar olingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi