
Bryaytonning markaziy himoyachisi Yan-Pol van Xekke Londonning Tottenhem klubi safiga qoʻshilishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manba maʼlumotlariga koʻra, "shporlar" 25 yoshli niderlandiyalik futbolchining oʻyinini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Van Xekkening jamoa bilan shartnomasi 2027-yilning yozida yakunlanadi.
Shu sababli, Bryayton uni kelasi yil sotib yuborishi mumkin, aks holda futbolchini tekinga yoʻqotish xavfi mavjud. Transfer qiymati taxminan 45 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Joriy mavsumda van Xekke barcha musobaqalar doirasida 16 oʻyinda maydonga tushib, uchta gol urishga muvaffaq boʻldi. Angliya chempionatining yaqinlashib kelayotgan turida Tottenhem 6-dekabr kuni Brentfordni qabul qilsa, Bryayton 7-dekabr kuni oʻz maydonida Vest Xem bilan bellashadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.