date

Shanxayda atmosferadan ichimlik suvi olish texnologiyasi yaratildi

Shanxayda atmosferadan ichimlik suvi olish texnologiyasi yaratildi

Shanxayning Jiao Tong universiteti mutaxassislari atmosfera havosidan ichimlik suvi olishga imkoniyat beradigan yangi texnologiyani ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda China Daily xabar berdi.

Ishlanma kondensatsiya, yutilish va issiqlik nasosi usullaridan foydalanilgan. Ushbu texnologiya, ayniqsa, namlik past va issiq sharoitlarga ega hududlarda juda samarali bo‘lishi mumkin.

Shanxaylik muhandislar shuningdek, quyosh panellari orqali ishlaydigan avtonom stansiya — AtmosWell qurilmasini taqdim etishdi. U harorat 15 dan 40 darajagacha, namlik esa 35 dan 99 foizgacha bo‘lgan sharoitda ishlash imkonini berib, kun davomida 50 litrgacha suv ishlab chiqaradi. Bu qurilma infratuzilmaga ulanishni talab qilmaydi va o‘lchamlari kichik avtobus bekatidan katta emas.

Bundan tashqari, sutkada 1,6 ming litr suv ishlab chiqarish quvvatiga ega platforma ham yaratildi. Bu platforma orollar, kichik aholi maskanlari va chekka hududlardagi mehmonxonalar uchun juda qulay bo‘lib, ularda suvni barqaror ishlab chiqarishga imkon yaratadi.

Shu tariqa, mazkur texnologiyalar atrof muhitga kam ta’sir ko‘rsatib, suv ta’minotini amalga oshirishdagi yangi usullardan biriga aylanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Shanxayda atmosferadan ichimlik suvi olish texnologiyasi yaratildi