
2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi qur’asi oldidan AQSH Prezidenti Donald Tramp uchun mutlaqo kutilmagan, biroq nufuzli ham bo‘lgan yangilik tasdiqlandi. The Athletic’ning yozishicha, Tramp maxsus ravishda ta’sis etilgan FIFA Tinchlik mukofoti bilan taqdirlanadi. Ushbu mukofot tarixda ilk bor topshirilayotgani bilan ham ahamiyatli — demak, uning birinchi sohibligi aynan Trampga nasib etdi.
Ma’lum qilinishicha, 5-dekabr kuni qur’a tashlash marosimi davomida AQSH yetakchisiga nutq so‘zlash uchun ham alohida vaqt ajratiladi. Bu esa mundial oldidan siyosiy va sport dunyosi bir vaqtda bir nuqtada tutashadigan kamdan kam holatlardan biri bo‘ladi.
Tinchlik mukofoti 2025-yil noyabr oyida joriy etilgan bo‘lib, FIFA tashabbusi sifatida xalqaro hamjihatlikni mustahkamlash va sport orqali global tinchlik g‘oyalarini targ‘ib qilishni maqsad qiladi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, 2026 yilgi Jahon chempionati sport tarixida mutlaqo yangi formatda o‘tadi — mundial ilk bor uch davlatda: AQSH, Kanada va Meksika hududida bir vaqtda tashkil etiladi. Musobaqada 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi, bu esa turnirni yanada ko‘lamli va raqobatbardosh qiladi.
Yirik musobaqa 2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi va fanatlar uchun tom ma’noda katta futbol bayramiga aylanishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.