date

Samsung uch buklanuvchi smartfon taqdim etdi

Samsung uch buklanuvchi smartfon taqdim etdi
2025-yil 2-dekabr kuni Samsung kompaniyasi o‘zining ilk uch buklanuvchi smartfoni – Galaxy Z TriFold modelini taqdim etdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Janubiy Koreya kompaniyasi ushbu qurilma orqali buklanuvchi smartfonlar segmentida kuchayishni maqsad qilmoqda. Ayni paytda ushbu segmentda Xitoy kompaniyalari o‘z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda.

Biroq, tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bunday qurilmalar yuqori narxlar va ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklar tufayli hanuz tor doirada qolmoqda. Mutaxassislar Galaxy Z TriFold modelini texnologiyaning yangi bosqichi sifatida ko‘rishmoqda, ammo bu qurilma sotuv hajmini oshirishga qaratilgan flagman emas, deb hisoblashmoqda.

Reuters’ning ma’lumotlariga ko‘ra, Galaxy Z TriFold narxi 2,4 ming AQSh dollaridan boshlanadi. Bu esa Samsung Galaxy Z Fold 7 modelining narxidan qariyb 25% qimmatroq.

Samsung Electronics kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti Aleks Limning ta’kidlashicha, buklanuvchi qurilmalar bozori o‘sishda davom etadi va aynan TriFold modeli ushbu segmentning asosiy bo‘limlarida yanada tez o‘sishni ta’minlaydigan katalizator bo‘lishi mumkin. Galaxy Z TriFold 12-dekabr kuni Janubiy Koreyada sotuvga chiqariladi.

Shundan so‘ng, qurilma Xitoy, Singapur, Tayvan va Birlashgan Arab Amirliklarida taqdim etiladi. AQSh bozoriga esa kelgusi yilda chiqarilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Samsung uch buklanuvchi smartfon taqdim etdi