Alonso ketishi Vinisius kelajagiga ta’sir qilishi mumkin

Insayder Fabritsio Romano YouTube kanalida Xabi Alonsoning «Real»dagi ishdan ketishi atrofidagi vaziyatni muhokama qildi. Uning aytishicha, murabbiy g‘oyalarini jamoaga singdirishga uringan paytidayoq, xususan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida futbolchilar bilan tushunmovchiliklar yuzaga kelgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Romano oktabrdagi «el klasiko»ni ham esladi: o‘sha uchrashuvda Alonso Vinisiusni almashtirishga qaror qilganidan keyin braziliyalik hujumchi keskin norozilik bildirgan. Manbaga ko‘ra, u murabbiy bilan qo‘l berib ko‘rishmagan va to‘g‘ri kiyinish xonasiga yo‘l olgan, biroq ko‘p o‘tmay yana qaytib chiqqan.
Romano ta’kidlashicha, shundan so‘ng Vinisius «Real» bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda shoshilmay, vaziyatni kuzatish pozitsiyasini tanlagan. Yulduz futbolchi Alonsoning kelajagi qanday bo‘lishini ko‘rishni istagan.
Endi esa Alonso jamoani tark etganidan keyin «Real» va 25 yoshli Vinisius o‘rtasidagi muzokaralar jadallashishi mumkin. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!