date

Bavariya himoyachisi Stanisich jarohat olib safdan chiqdi

Bavariya himoyachisi Stanisich jarohat olib safdan chiqdi

"Bavariya" rasmiy sayti orqali himoyada yo'qotish yuz berganini ma'lum qildi. Xorvatiya terma jamoasi futbolchisi Yosip Stanisich o'ng to'piq bo'g'imidan jarohat olib, shifokorlar nazoratiga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Stanisich jarohatni Bundesliganing yakshanba kungi "Volfzburg"ga qarshi uchrashuvida oldi. O'sha bahsda myunxenliklar raqibini 8:1 hisobida yirik mag'lub etgandi.

Bir necha pozitsiyada, jumladan himoyaning barcha nuqtalarida o'ynay oladigan Stanisichning tiklanish muddati hozircha oshkor qilinmadi.

Joriy mavsumda Stanisich 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

"Bavariya" Bundesligada ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi Dortmundning "Borussiya"si esa 11 ochko ortda qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya himoyachisi Stanisich jarohat olib safdan chiqdi