Ronaldu gol urdi va 1000 gol marrasiga yaqinlashdi

Saudiyada o‘tayotgan chempionatning dushanba kungi muhim uchrashuvida «Al-Nasr» «Al-Hilol»ga qarshi bahsda hisobni Krishtianu Ronaldu urgan gol bilan ochdi. Birinchi bo‘lim yakuniga kelib jamoa 1:0 hisobida oldinda bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik yulduzning faoliyatidagi gollari soni endi 959 taga yetdi. 1000 gol ko‘rsatkichiga chiqishi uchun Ronaldu raqiblar darvozasini yana 41 bor ishg‘ol qilishi kerak.
Ronaldu «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Fevral oyida esa hujumchi 41 yoshni qarshi oladi.
«Al-Hilol» — «Al-Nasr» uchrashuvini matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing