date

Yotoqda iPhone quvvatlash xavflimi? Apple rasman ogohlantirdi

Yotoqda iPhone quvvatlash xavflimi? Apple rasman ogohlantirdi

Apple kompaniyasi foydalanuvchilarni smartfonlarni yotoqda yoki uxlab yotgan holda quvvatlantirmaslikka chaqirdi. Bu haqda UNILAND manbalari Apple’ning yangilangan qo‘llab-quvvatlash sahifasiga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, dekabr oyi oxirida Apple iPhone xavfsizligiga oid rasmiy ko‘rsatmalarni yangilab, unga smartfonni tunda zaryadlash bilan bog‘liq xavflar haqida maxsus ogohlantirish qo‘shgan. Kompaniya ta’kidlashicha, agar smartfon yoki quvvat adapteri havo yaxshi aylanmaydigan joyda qoldirilsa, qurilma qizib ketishi mumkin.

Jurnalistlar izohicha, Apple ayniqsa smartfonni zaryad olayotgan paytda yotoqda, adyol, yostiq yoki kiyim ostida qoldirmaslikka chaqirmoqda. Bunday holatlarda qurilmaning qizib ketishi, hatto yong‘in chiqishi xavfi mavjud.

Kompaniya eslatmasida shunday deyiladi:

«Qurilma, quvvat adapteri yoki simsiz zaryadlovchi ustida uxlamang va ularni adyol, yostiq yoki tananing ostiga qo‘ymang».

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yotoqda iPhone quvvatlash xavflimi? Apple rasman ogohlantirdi