date

Steamdagi 90% chegirma Detroitni millionga olib chiqdi

Steamdagi 90% chegirma Detroitni millionga olib chiqdi

Quantic Dream studiyasining ilmiy-fantastik sarguzasht o‘yini Detroit: Become Human so‘nggi ikki haftada Steam bendlari orasida keskin ko‘tarildi. O‘yin sotuvlar bo‘yicha ikkinchi pog‘onaga chiqib (ARC Raidersdan keyin), taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, qariyb bir million nusxada tarqaldi. Bu haqda playground.ru xabar beradi.

Alinea Analytics ma’lumotlariga tayanilsa, 21 dekabrdan 5 yanvargacha bo‘lgan davrda Detroit: Become Humanning savdosi deyarli 993 ming nusxani tashkil etgan. Ya’ni bundan salkam sakkiz yil avval chiqqan loyiha atigi 14 kunda deyarli million nusxa sotishga ulgurgan.

Bunday sakrashga asosiy turtki — Steam tarixidagi eng katta chegirma bo‘ldi: narx 40 dollardan 4 dollargacha tushdi (-90%). Shunday arzon taklif ko‘pchilik o‘yinchilar uchun jiddiy “bahona”ga aylandi.

Sotuvlar oshgani fonida 4 yanvar kuni Detroit: Become Human bir vaqtning o‘zida o‘ynayotganlar soni bo‘yicha ham rekord yangiladi — 25 615 foydalanuvchi.

Shu bilan birga, tarmoq muhokamalarida o‘yin Denuvo kabi himoya tizimlarisiz ekani va bu pirat nusxalar mavzusini ham yana kun tartibiga olib chiqayotgani aytilmoqda. Ayrim foydalanuvchilar esa loyiha avvaldan shunday pastroq narxda sotilishi kerak edi, degan fikrni ham bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Steamdagi 90% chegirma Detroitni millionga olib chiqdi