Real yangi bosh murabbiy izlayapti va Kloppni ko'zlamoqda

Madridning «Real» klubi Xabi Alonso bilan xayrlashganidan so'ng jamoaga yangi bosh murabbiy topish ustida ishlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, «qirollik klubi» «Liverpul»ning sobiq ustozi Yurgen Kloppni juda yuqori baholaydi va uni jamoa boshqaruviga olib kelishni istaydi. Biroq nemis mutaxassisi hozircha qarorini o'zgartirish niyatida emas: u avvalgidek murabbiylik faoliyatiga qaytish variantini ko'rib chiqmayapti.
Kloppning so'nggi jamoasi «Liverpul» bo'lib, u 2015 yildan 2024 yilgacha mersisaydliklarni boshqargan. Uning qo'l ostida «qizillar» sakkizta sovrinni qo'lga kiritgan: Angliya Ligasi kubogi (2 marta), Angliya Premyer-ligasi, Angliya kubogi, Angliya Superkubogi, UYEFA Superkubogi, klublar o'rtasidagi jahon chempionati va Chempionlar ligasi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!