date

Rossiyada obunalarni bekor qilgandan so‘ng pul yechib olish taqiqlandi

Rossiyada obunalarni bekor qilgandan so‘ng pul yechib olish taqiqlandi

Rossiyada iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar onlayn obunalar va muntazam to‘lovlar tizimini tartibga soladi. Rospotrebnadzor xabariga ko‘ra, endilikda servislar foydalanuvchi xizmatdan rasman voz kechgan taqdirda, avval saqlangan to‘lov ma’lumotlaridan foydalanib pul yechib ola olmaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi qoidalar striming platformalari, ilovalar, bulutli xotiralar va elektron hujjat aylanish tizimlari kabi obuna modelida ishlaydigan barcha servislar uchun amal qiladi. Kompaniyalar foydalanuvchilarga obunani elektron shaklda bekor qilish imkoniyatini yaratishi va shundan so‘ng har qanday to‘lov urinishlarini to‘xtatishi shart.

Shuningdek, iste’molchi xizmatdan istalgan vaqtda, jumladan, navbatdagi to‘lov haqida xabarnoma olgandan keyin ham voz kechish huquqiga ega bo‘ldi. Agar foydalanuvchi obunani bekor qilganidan keyin ham mablag‘ yechib olinsa, kompaniya ushbu pulni to‘liq qaytarib berishi kerak.

Ushbu qoida faqatgina xizmatdan amalda foydalanilgan davr uchun to‘lovlarni istisno qiladi. Qolgan barcha holatlarda servislar foydalanuvchining bank kartasi ma’lumotlarini uning roziligisiz to‘lovlar uchun ishlata olmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Rossiyada obunalarni bekor qilgandan so‘ng pul yechib olish taqiqlandi