17:03 / 30.09.2017
6 076

Gadjetlarni to‘g‘ri quvvatlantirishni o‘rganamiz!

Gadjetlarni to‘g‘ri quvvatlantirishni o‘rganamiz!
Axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi davrda qo‘l telefoni yoki noutbukdan foydalanmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Biroq, eng zamonaviy gadjetlarning ham bitta “minus”i bor. U ham bo‘lsa, gadjetlarning quvvati birpasda tugab qolishi. Zamonaviy gadjetlardagi akkumulyatorlar uzoq muddat davomida ishlashi ko‘p jihatdan o‘zimizga bog‘liq. Bunda ularni to‘g‘ri quvvatlantirish o‘ta muhim. Quyida ana shu xususda tavsiyalar beramiz...

Qurilmani muntazam ravishda quvvatlantirib turing
Gadjet akkumulyatori quvvati to‘laligicha tugab qolmasin. Litiy-ion akkumulyatorlarda xotira effekti mavjud emas, shuning uchun ham ular to‘laligicha o‘chib ulgurmasidanoq qayta quvvatlantirish zarur. Agar qurilmangiz akkumulyatori uzoq muddat sizga beminnat xizmat qilishini istasangiz, ularni 10-20 foizdan kamroq quvvati qolganida quvvatlantirishga qo‘ying.

Qurilmani o‘z vaqtida quvvatlantir­gichdan uzing
Gadjetingiz akkumulyator quvvati 50-80 foiz bo‘lsa, undan bemalol foydalanishda davom etishingiz mumkin. Gadjet sizga uzoq muddat xizmat qiladi. Agarda akkumulyator 100 foiz quvvatlangan bo‘lsa, uni o‘z vaqtida elektr tokidan uzing. Bu amal batareyaning uzoq muddat buzilmasligiga kafolat beradi. Ko‘pchilik telefoni yoki noutbukini kechasi quvvatlantirishga qo‘yib qo‘yadi. Bu noto‘g‘ri.

Bir oyda 3 marta qurilma quvvatini to‘laligicha ishlating va 100 foizga to‘ldiring
Uzoq muddat telefondagi to‘liq quvvat saqlanib turishi ham litiy-ionli akkumulyatorlar uchun zararlidir. Har doim 0% gacha tushib ketadigan quvvat ham xuddi shunday zarar keltiradi. Quvvatlantirish jarayonining betar­tib­li­gi(rozetkadan quvvat­lantirish, USB vositasida quvvatlantirish) sabab, mutaxascislar bir oyda 3 marta qurilma quvvatini to‘liq ishlatib, uni 100% quvvatlantirishni tavsiya qiladi.

Original quvvatlantiruvchi moslamadan foydalaning
Quvvatlantiruvchi moslama bevosita mobil telefonning ichida joylashganini, tashqi quvvatlantiruvchi uskuna esa maishiy elektr tarmoqdagi tokni unga to‘g‘rilab turishini ko‘p­chilik bilmasa kerak. Ya’ni quvvatlantiruvchi uskuna to‘g‘ridan-to‘g‘ri batareyaga ta’sir o‘tkazmaydi.

Ayrim gadjetlar, masalan, fotokameralar ichki quvvatlantiruvchi uskunaga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ularning litiy-ionli akkumulyatorlaritashqi quvvatlantiruvchi moslamaga o‘rnatilgan bo‘ladi. Mana shunday hollarda qalbaki quvvatlantiruvchi moslamadan foydalanish gadjet batareyasi ish fao­liyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Batareya qizib ketishiga yo‘l qo‘ymang
Litiy-ionli batareyalarning eng ashaddiy dushmani yuqori harorat hisoblanadi. Qizib ketishni ular aslo ko‘tara olmaydi. Shuning uchun ham mobil uskunalarga quyosh nurlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishiga yo‘l qo‘ymang. Shuningdek, telefoningizni isitish tizimidan ham uzoqroqqa qo‘ying. Litiy-ionli akkumulyatorlarni ishlatish mumkin bo‘lgan maksimal havo harorati-40 °C darajadan +50 darajagacha.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Gadjetlarni to‘g‘ri quvvatlantirishni o‘rganamiz!