date

2025 yilning eng zo‘r ekranga ega smartfoni aniqlandi

2025 yilning eng zo‘r ekranga ega smartfoni aniqlandi

Xalqaro DxOMark laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan eng sifatli displeyga ega smartfonlar reytingi e’lon qilindi. 2025 yilning bu kabi texnologik baholashida Google Pixel 10 Pro XL smartfoni 161 ball to‘plab, barcha raqobatchilarini ortda qoldirdi va reytingning birinchi pog‘onasiga chiqdi.

Google’ning yangi flagman smartfoni 6,8 dyuymli LTPO OLED turdagi ekran bilan jihozlangan bo‘lib, u 2992x1334 piksel sifatda tasvir beradi. Ekran yangilanish chastotasi 1 Gtsdan 120 Gtsgacha avtomatik o‘zgaradi va Gorilla Glass Victus 2 shishasi bilan himoyalangan. Eng asosiysi, ekran yorqinligi 2200 nit darajasiga yetadi, bu esa qo‘lfondan to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlari ostida ham mukammal foydalanish imkonini beradi.

Ushbu displey HDR texnologiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va juda past yorug‘likda ko‘zga qulaylik yaratish uchun ekran yarqinligini 4 nit gacha tushira oladi. Bu nafaqat foydalanuvchiga qulaylik, balki ko‘z salomatligini saqlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

DxOMark reytingidagi Top-5 smartfonlar:

  1. Google Pixel 10 Pro XL — 161 ball
  2. Samsung Galaxy S25 Ultra va Google Pixel 10 — 160 ball
  3. Pixel 9 Pro XL, Pixel 9 Pro, Galaxy S25 Edge — 158 ball
  4. Honor Magic6 Pro va Galaxy S25 — 157 ball
  5. Pixel 9 va Galaxy Z Fold7 — 156 ball
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2025 yilning eng zo‘r ekranga ega smartfoni aniqlandi