Xiaomi kompaniyasi Xiaomi 17, 17 Pro va 17 Pro Max smartfonlarining rasmiy suratlarini e’lon qildi va taqdimot sanasini 25-sentabrga belgiladi, deb xabar berdi Rozetked.
Asosiy model — Xiaomi 17, 6,3 dyuymli ekran, 1,18 mm simmetrik ramka va 19.6:9 ekran nisbati bilan taqdim etiladi. Qurilma tekis yon tomonlar va engil egilgan chetlarga ega. Orqa kamera dizayni klassik bo‘lib, sensorlar va chaqnash simmetrik joylashtirilgan.
Xiaomi 17 Pro va 17 Pro Max modellarida ham ayni ramka o‘lchami saqlangan, lekin ular orqa tomonida qo‘shimcha ekran bilan taqdim etiladi. Ushbu modellar yashil va binafsha rangli korpuslarda chiqariladi.
Barcha modellar HyperOS 3 operatsion tizimida ishlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar