date

Sizga ehtirom, qadrli ustozlar

Sizga ehtirom, qadrli ustozlar

Har bir insonning hayot yo‘li bir kitobga o‘xshaydi. Kimdir uni shunchaki varaqlab o‘tadi, yana kimdir esa uni oltin harflar bilan yozib qoldiradi. Prokuratura va byuro organlarida yillar davomida halol va fidoyilik bilan xizmat qilgan Tangribergan Sharifovning hayoti ham ana shunday ibratli sahifalardan iborat.

Bugun u mehnat faxriysi sifatida el e’tiborida, shogirdlar ehtiromida “1 oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bugun Tangribergan Sharifovning xonadoni har qachongidan ham gavjum.

Bu kun shogirdlar uchun nafaqat ustozni tabriklash, balki unga bo‘lgan hurmat va minnatdorlikni ifoda etish, yillar davomida berilgan saboqlarga ehtirom ko‘rsatish imkoniyati hamdir. Shu bois ular qo‘lida samimiyat ramzi bo‘lgan sovg‘alar, qalbida esa ustozga atalgan iliq tilaklar bilan xonadonga tashrif buyurishdi.

Fayzli dasturxon atrofida samimiy suhbat. Opa-singillar, aka-ukalar, oila a’zolari va shogirdlar bir davraga jam bo‘lishdi. Suhbat chog‘ida xizmat yillari, qiyin vaziyatlarda topilgan yechimlar, ustozning qat’iyati bilan bog‘liq ko‘plab voqealar yodga olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sizga ehtirom, qadrli ustozlar