“Mashinasozlar” metro bekatidan Chorvoq shahriga qatnab turgan 1226-sonli shaharlararo avtobus yo‘nalishi vaqtincha to‘xtatildi. Ilk ma’lumotlarga ko‘ra, qatnovlar keyingi yilgacha tiklanmasligi mumkin.
Ushbu avtobus yo‘nalishi joriy yil 1-iyuldan ishga tushirilgan bo‘lib, qisqa muddat ichida ham mahalliy aholi, ham sayyohlar uchun juda mashhur bo‘lgan edi. Avtobuslar har kuni “Mashinasozlar”dan Xumson orqali Chorvoqqa 90 daqiqalik interval bilan qatnagan. Birinchi reys soat 6:00 da yo‘lga chiqsa, oxirgi qatnov 20:30 da amalga oshirilardi. Yo‘l vaqti taxminan 1,5 soatga teng bo‘lgan.
Yo‘nalishda 47 yo‘lovchiga mo‘ljallangan zamonaviy MAN RR3 turistik avtobuslari xizmat ko‘rsatgan. Ularda konditsioner va qulay o‘rindiqlar mavjud bo‘lib, yo‘l haqi 25 ming so‘m etib belgilangan. To‘lovni ham naqd, ham plastik karta orqali amalga oshirish imkoni bo‘lgan.
Avtobuslar Maxtumquli ko‘chasidan harakatlanib, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, Xo‘jakent turar-joy massivi va Chinorkent dam olish maskani orqali o‘tib, Xumson qishlog‘i orqali Chorvoqqa yo‘nalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!