date

Pavel Durov: Fransiya Moldova saylovlari oldidan Telegram-kanallarni senzura qilishni so‘ragan

Pavel Durov: Fransiya Moldova saylovlari oldidan Telegram-kanallarni senzura qilishni so‘ragan
Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiya maxsus xizmatlari vositachi orqali undan Moldova hukumatini qo‘llab, prezidentlik saylovlari arafasida ayrim Telegram-kanallarni cheklashda yordam berishni so‘raganini oshkor qildi.

Uning aytishicha, Fransiya va Moldova rasmiylari taqdim etgan birinchi ro‘yxat tekshirilganda, ba’zi kanallar platformaning ichki qoidalarini haqiqatdan ham buzgani uchun o‘chirilgan. Biroq keyinchalik taqdim etilgan ikkinchi ro‘yxatda qonunbuzarliklar topilmagan, kanallar faqat siyosiy qarashlari bilan hukumatga yoqmagan.

Durovning ta’kidlashicha, vositachi Fransiya razvedkasi go‘yoki uni hibsga olish orderi chiqargan sudya oldida “ijobiy fikr” bildirishi mumkinligini aytgan. Ammo Durov bunday kelishuvni “mutlaqo nomaqbul” deb baholagan.

“Biz kontentni siyosiy sabablarga ko‘ra o‘chirib tashlamaymiz. Telegram'ga bosim o‘tkazishga urinishlar bo‘lsa, ularni oshkor qilishda davom etaman”, — dedi Pavel Durov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Pavel Durov: Fransiya Moldova saylovlari oldidan Telegram-kanallarni senzura qilishni so‘ragan