Xiaomi ilk bor tarmoqsiz qo‘ng‘iroq imkoniyatiga ega flagmanlarini taqdim etdi

Xiaomi ilk bor tarmoqsiz qo‘ng‘iroq imkoniyatiga ega flagmanlarini taqdim etdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi avlod flagman smartfonlarini – Xiaomi 15T va 15T Pro modellari bilan namoyish qildi. Ularning eng katta yangiligi — Offline Communication texnologiyasi bo‘lib, bu orqali foydalanuvchilar mobil tarmoq yoki internetdan foydalanmasdan ham 1,9 km masofagacha qo‘ng‘iroq qila oladi.

Dizayn va ekran

  • Xiaomi 15T – 120 Gs yangilanish chastotasiga ega AMOLED displey.
  • Xiaomi 15T Pro – 144 Gs AMOLED LIPO panel.
  • Har ikki model ham 6,83 dyuymli katta ekran bilan ta’minlangan.

Kamera imkoniyatlari

  • 50 MP asosiy kamera.
  • Pro versiya: 5 karra periskopli zum va 8K formatda video yozish imkoniyati.

Texnik xususiyatlar

  • Chipsetlar: MediaTek Dimensity 8400-Ultra (15T) va Dimensity 9400+ (15T Pro).
  • Akkumulator: 5500 mAch sig‘im.
  • Quvvatlash tezligi:
  • 15T – 67 Vt simli,
  • 15T Pro – 90 Vt simli va 50 Vt simsiz.
  • Himoya: IP68 sertifikati – suv va chang‘dan himoyalangan.

Xiaomi’ning ushbu flagmanlari nafaqat yuqori tezlikdagi ishlash va professional kamera imkoniyatlari bilan, balki tarmoqsiz ham aloqa o‘rnatish funksiyasi bilan boshqa smartfonlardan ajralib turadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar