16:42 / 05.02.2018
3 981

«YouTube» oflayn talqinni ishga tushirdi. Undan o‘zbekistonliklar ham foydalanishi mumkin

«YouTube» oflayn talqinni ishga tushirdi. Undan o‘zbekistonliklar ham foydalanishi mumkin
«Google» kompaniyasi «YouTube Go» videoxostingining butun dunyodagi foydalanuvchilari uchun oflayn talqinini yaratdi. Mazkur Android-dastur roliklarni internetga ulanmasdan turib ko‘rish va bo‘lishish imkonini beradi, deb xabar qildi «Xabar» nashri.

Joriy haftadan boshlab «Youtube»ning «yengillashtirilgan» talqinidan dunyoning 130 mamlakati, jumladan, O‘zbekiston aholisi ham foydalanishi mumkin. U roliklarni flesh xotira yoki telefon xotirasiga saqlab olish hamda uni oflayn tarzda ko‘rish imkonini beradi. Bundan tashqari yangi dastur yordamida yuklab olingan kontentni «Bluetooth» orqali boshqa qurilmalarga o‘tkazsa bo‘ladi.

Dasturning sig‘imi 9,4 megabaytni tashkil etadi. Shuningdek, uni «Jelly Bean» talqini (Android 4.1) yordamida eski qurilmalarga ham o‘rnatish mumkin.

Dasturni «Google Play» do‘konidan ko‘chirib olishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «YouTube» oflayn talqinni ishga tushirdi. Undan o‘zbekistonliklar ham foydalanishi mumkin