Rossiyalik ixtirochilar dunyoda birinchi bo‘lib huquqshunos robotni yaratdi. U neyrotarmoqlar asosida ishlaydi, rus tilida berilgan savollarni tushunib, bir soniya ichiga unga javob qaytaradi. Robotning xizmati bepul, deb ma’lum qilmoqda «Xabar» nashri.
Ixtirochilarning so‘zlariga qaraganda, mazkur robotning huquqiy sohada boshqa analogi yo‘q. Neyrotarmoq 100 mingdan ortiq foydalanuvchilar so‘rov yuboradigan Rossiyadagi eng katta bazalardan birida «ta’lim olgan».
«Tirik» yurist bir kunda 15—20 ta savolga javob qaytara olsa, ushbu robot minglab murojaatlarni ko‘rib chiqishga qodir. Xususan, ularning barchasini batafsil o‘rganib chiqadi va tekinga xizmat ko‘rsatadi. Murakkab vaziyatlarda esa pulli konsultatsiya uchun huquqshunos-odamga murojaat qilish bo‘yicha tavsiya beradi.
Ayni vaqtda huquqshunos robot iste’molchilar huquqi borasida saytga kelayotgan savollarga javob qaytarmoqda. Mazkur bo‘limdagi 40 foiz savollar maishiy tovarlarni sotib olish bilan bog‘liq.
Agarda biror-bir odam buzilib qolgan smartfon uchun pulini qaytarib olishni istasa, robot bu borada batafsil maslahatni beradi.
Robot-huquqshunosning algoritmini juda tez boshqa sohalarga tatbiq etsa bo‘ladi: banklar, sug‘urta kompaniyalar, davlat organlari. Tez orada robotning iOS va Android versiyalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi