Xitoyning ko‘rinmas-qiruvchi samolyoti «Szyan-20» (J-20) mamlakat harbiy-havo kuchlari bo‘linmasida jangovar navbatchilikni boshladi. Xitoy harbiy-havo kuchlarini vakili Shen Szinkening ma’lum qilishicha, yangi qiruvchi samolyot «mamlakatning havo maydonidagi xavfsizlik darajasini oshirishga» xizmat qiladi, deb yozadi «Xabar» nashri.
Shen Szinkening so‘zlariga ko‘ra, «Szyan-20» qiruvchisi sabab mamlakat harbiy-havo kuchlari jangovar bo‘linmalari uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha barqaror o‘sishga erishgan.
Mazkur qiruvchi samolyot «Red Sword — 2017» o‘quv mashg‘ulotlarida muhim rolni o‘ynagan va «yangi turdagi havo kuchlarining jangovar qobiliyatini mustahkamlash uchun zamin yaratgan». Armiya necha dona yangi qiruvchiga ega bo‘lgani haqida ma’lumotlar yo‘q.
Xitoyning «Szyan-20» to‘rtinchi avlod qiruvchisi birinchi bor havoga 2011 yilda ko‘tarilgan. Keng ommaga esa 2016 yilning noyabrida Chjuaxeda bo‘lib o‘tgan «Air show China» xalqaro aviakosmik salonida namoyish etilgan.
Samolyotni yasashda maxsus tanlangan planerlar va takomillashtirilgan materiallardan foydalanilgani sabab uni odatdagi radiolokatsion qurilmalar yordamida aniqlash juda qiyinchilik tug‘diradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi