Xitoyning ZKZM Laser kompaniyasi masofadan turib obyektlarni teshib o‘ta oluvchi lazer avtomat prototipini taqdim qildi. Mutaxassislarning aytishicha, quroldan namoyishlarni tarqatish, aksilterrorchilik amaliyotlari vaqtida foydalanish mumkin.
Model ZKZM-500 deb nomlangan va mashhur “Kalashnikov” avtomati kabi o‘lchamlarga ega. Qurilma 800 metrgacha lazer nurlarini chiqara oluvchi uzatkich bilan jihozlangan. Lazer oqimi tirik mavjudotlarga zarar yetkaza olmaydi, biroq fizik obyektlarni yo‘q qila oladi. Misol uchun, agar avtomatdan odamga qarab lazer otilsa, uning tanasiga shikast yetmaydi, biroq kiyimi yonib ketadi. Ammo ta’kidlash joizki, undan keyin badanda chandiqlar qoladi. Shu sababli avtomat qirg‘in keltiruvchi hisoblanmay, BMT tomonidan noinsoniy qurol deb tasniflana olmaydi.
Avtomat ixtirochilarining ta’kidlashicha, ZKZM-500 politsiya tomonidan turli maqsadlarda qo‘llanishi mumkin. Misol uchun, avtomobilga yo‘naltirilgan lazer mashinaning yonib, portlashiga olib kelishi mumkin. U, shuningdek, raqib texnikasini yo‘q qilish va diversiyalarda qo‘l kelishi mumkin, chunki u tomondan chiqariluvchi lazer inson ko‘zi tomonidan payqalmaydi.
Avtomatdan bir quvvatlanishida bir necha marta o‘q uzish mumkin. Avtomat taxminan 15 ming dollarga baholangan. Kelgusida u bilan politsiya va armiya qurollanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi