Ilgari qoʻl soati uning egasining yuqori mavqega egaligidan darak beradi deb hisoblanar va vaqtni bilib turish uchun qulay vosita edi. Ammo texnologiyalar davriga kelib barchasi oʻzgardi va sahnaga yangi oʻyinchilar chiqib keldi.
Mana toʻrt yildirki, Apple soatsozlik sanoatida yetakchilikni qoʻldan bermay kelmoqda. Kompaniya qanday qilib bu oʻyinda Shveysariya ustidan gʻalaba qozondi?
Bugungi soatlarni eslatadigan ilk soat nyurnberglik slesar Petr Genleyn tomonidan 16 asrda oʻylab topilgan. Choʻntak soati oʻsha davrlarda faqatgina oliymaqom aslzodalarda boʻlgan.
Soʻngra tashabbusni Buyuk Britaniya qoʻlga oldi. Muvozanat spirali, yurgizi mexanizmi va xronometr tufayli Britaniya 18 asrda eng yaxshi soat ishlab chiqaruvchi maqomini oldi. U ishlab chiqargan soatlar vaqtni aniq koʻrsatar, ammo juda qalin edi.
Bugun biz biladigan soatlar esa shveysariyalik soatsoz Abraxam-Lui Brege tomoniddan yaratilgan. Buyuk Britaniya aniqlikka eʼtibor qaratgan boʻlsa, Shveysariya uslubga eʼtibor berdi. Tez orada Longines, IWC Schaffhausen va Rolex dunyoning eng yaxshi soatlariga aylandi.
Kvars inqirozi
Shveysariya ishlab chiqarishning anʼanaviy uslublarini saqlab qolgan bir paytda Yaponiya innovatsion fikrladi. 1969 yilda Yaponiyaning Seiko kompaniyasi birinchi kvars qoʻl soatlarini namoyish etdi. Bu soatsozlikda yangi inqilob boʻldi.
Foto: Retroland
Soat ishlab chiqarish uchun xarajatning kamayishi butun dunyoda soatlar narxi tushishiga olib keldi va Shveysariyada bu sanoat 60 mingdan ortiq ish oʻrnini yoʻqotdi. 1982 yil oxiriga kelib butun dunyo boʻyicha mingga yaqin soatsozlik kompaniyalari yopildi. Bu davr kvars inqirozi deb ataladi.
Bu inqirozdan chiqish uchun Shveysariya qandaydir yangilik oʻylab topishi lozim edi. Shunda Nikolas Xayek Swatch Group kompaniyasiga asos soldi.
Swatch ajoyib plastik soatlar ishlab chiqara boshladi. Endi soatlar vaqtni koʻrsatish emas, moda vazifasini bajara boshladi.
Aqlli soatlar davri
2012 yilda Erik Migikovski Kickstarter platformasida Pebble aqlli soatlari uchun pul yigʻishga kirishdi. U ishlab chiqarish uchun 100 ming dollar toʻplashni maqsad qilgandi, 10 million dollar pul yigʻishga erishdi. Chiroyli koʻrinishi, kuchli akkumulyatori va iOS hamda Android tizimlariga ulana olishi tufayli Pebble birinchi muvaffaqiyatli smart-soatga aylandi.
Foto: Flickr
2014 yil boshida Apple shveysariyalik soatsozlarga hamkorlik qilishni taklif qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo Swatch Group bosh direktori “Biz hamkorlik qilish uchun hech qanday sabab koʻrmayapmiz”, dedi matbuotga.
2014 yilda Apple mahsuloti taqdimotiga bir hafta qolganida dizayner Jonatan Ayv New York Times gazetasiga Shveysariya muammolarga duch kelishini aytdi. Bir necha kundan soʻng odamlar uning nima uchun bunday deganini tushunishdi.
2014 yil 9 sentyabrda iPhone 6 taqdimotidan soʻng Tim Kuk sahnaga chiqdi va Apple yana bir taqdimotni amalga oshirishini eʼlon qildi. U Apple Watch aqlli soatini namoyish etdi va uni “Apple tarixidagi yangi sahifa” deb atadi.
Foto: Medium
Koʻpchilik ekspertlar Apple Watch dizayniga tanqidiy munosabatda boʻlishdi. Tag Heuer bosh direktori Jan-Klod Biver: “Toʻgʻrisini aytsam, bu soatlarni xuddi birinchi kurs talabasi loyihalaganga oʻxshaydi” dedi. Ammo tez orada u bu fikrini qayta koʻrib chiqishiga toʻgʻri keldi.
Apple tanqidlardan toʻxtab qolmadi. Tez kunda Apple Watch tarixdagi eng xaridorgir soatga aylandi. Series 3 Apple Watch chiqqach, kompaniya soatsozlik sanoatida mustahkam oʻrin egalladi.
Apple ustunligi
Ilk Apple Watch boshqa shunday qurilmalardan yangi texnologiyalarni har bir kishiga tushunarli qila olish xususiyati bilan ajralib turardi. Apple mahsuloti shuningdek anʼanaviy soat va kompaniya dizaynini oʻzida birlashtirgandi.
Foto: Flickr
Apple innovatsion jihatdan boshqalardan ajralib turuvchi, shu bilan bir vaqtda barcha uchun tanish mahsulotni yaratdi.
Apple Watch shu darajada rivojlandiki, koʻpchilik hatto nima boʻlayotganini ham tushunmay qoldi. Shveysariyani soatsozlikda yengish oson emas. Va buni aynan Apple uddalay oldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»