date

Sarvar Zafarjonov Er-Riyodda kumush medal oldi

Sarvar Zafarjonov Er-Riyodda kumush medal oldi
2025 yil 11 noyabrda Er-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda. Og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalarda O‘zbekiston vakili Sarvar Zafarjonov 88 kg vazn toifasida siltab ko‘tarish mashqida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Zafarjonov 161 kilogramm og‘irlikdagi shtangani muvaffaqiyatli ko‘tardi. Ushbu natija unga ikkinchi o‘rinni egallash va O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana bir medal qo‘shishga imkon berdi.

Sportchimiz dastlabki ikki urinishda ishonchli harakat qildi va hal qiluvchi uchinchi urinishda kumush medalni ta’minlaydigan natijani qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Sarvar Zafarjonov Er-Riyodda kumush medal oldi