Rodrigo qishda "Real"ni tark etmoqchi

Rodrigo qishda "Real"ni tark etmoqchi

Rodrigo qishda "Real"ni tark etmoqchi
Madridning "Real" klubi vingeri Rodrigo jamoani tark etish istagida. ESPN Brasil maʼlumotlariga koʻra, 24 yoshli braziliyalik futbolchi oʻzining jamoadagi holatidan norozi va qishda yangi jamoaga oʻtishga qaror qilgan.

Rodrigo ayniqsa Angliya Premer-ligasiga koʻchib oʻtishni maʼqul koʻrmoqda. Joriy mavsumda futbolchi Ispaniya La Ligasi doirasida 10 o‘yinda qatnashgan, biroq na gol urgan va na golli uzatma amalga oshirgan.

Chempionlar ligasida esa uchta o‘yinda ikkita golli uzatma bergan. Futbolchining transfer qiymati 80 million yevroga baholanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar