12:30 / 09.11.2018
5 092

Quyosh energiyasidan suyuq yonilg‘i olindi

Quyosh energiyasidan suyuq yonilg‘i olindi
Shvetsiya va AQSh olimlari quyosh energiyasini to‘plovchi suyuqlikni yaratishdi. Ta’kidlanishicha, yangi texnologiya quyosh batareyalari bozorida inqilob yasashi mumkin.

Yangi yonilg‘i negizida yotuvchi molekulani yaratish jarayoni bir necha yildan beri davom etadi, biroq olimlar oxirgi vaqtda uglerod, vodorod va azotdan o‘ziga xos molekulani yaratishda ancha taraqqiy qildilar.

“Quyosh nuri atomlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘zgartirishga majbur qiladi, natijada molekula quyosh energiyasini 20 yil davomida saqlay oladigan izomerga aylanadi”, deb aytishgan Massachusets texnologiya instituti xodimlari.

Yangi texnologiyaga asoslanadigan, quyosh energiyasini olish va saqlash uchun mo‘ljallangan yangi tizimlar quyosh energiyasini maxsus suyuqlikda to‘playdi, so‘ngra zarurat bo‘lganda energiyani issiqlik ko‘rinishida bera oladi.

Shaffof trubkalardagi suyuqlik quyosh nuri yordamida qiziydi va uning tarkibidagi norbornadiyen molekulalari issiqlik saqlovchi izomer – kvadritsiklanga aylanadi.

“Olingan suyuqlik xona haroratida saqlanadi. Agar undan energiya olinmoqchi bo‘lsa, suyuqlik katalizatorga joylashtiriladi va molekulalar issiqlik ajratgancha dastlabki shakliga qaytadi”, deb tushuntirganlar olimlar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Quyosh energiyasidan suyuq yonilg‘i olindi