
Krishtianu Ronaldu jahon chempionati haqida o'z fikrlarini bildirdi. Portugaliyalik futbolchining fikricha, bu musobaqa futbolchining buyukligini aniqlamaydi.
Ehtimol, bu fikrlari orqali Ronaldu 2022-yilda Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo'lga kiritgan Lionel Messiga javob bergan bo'lishi mumkin. "Jahon chempionatida g'olib bo'lish men uchun orzu emas.
Bir musobaqadagi g'alaba seni tarixdagi buyuk futbolchilardan biriga aylantiradi, deb hisoblamayman. Futbolchini faqat olti yoki yetti o'yinga qarab baholash adolatsizdir", - dedi Ronaldu Pirs Morganga bergan intervyusida.
Keyingi jahon chempionati 2026-yil yozida AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida bo'lib o'tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar