
Milan futbol klubi hujumchisi Santyago Ximenes muxlislariga o'zining jarohati haqida xabar berdi. "Bir necha oy davomida tovonimdagi jarohat bilan o'ynadim, bu esa maydonda o'zimni qulay his qilishimga to'sqinlik qildi.
Jamoaga yordam berish istagim kuchli bo'lsa-da, o'yin davomida og'riq kuchayib, to'xtash vaqti keldi", – deb yozdi Ximenes ijtimoiy tarmoqlarda. 24 yoshli meksikalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
A Seriyaning 10-turidan keyin Milan jamoasi 21 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda joylashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing