date

Toshkentda kontrabandachi ziyoratchi ko‘rinishiga kirdi


Toshkent aeroportida shubhali yo‘lovchi aniqlangan. Bu haqda "Toshkent-Aero" bojxona posti matbuot xizmati xabar berdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining chegara bojxona posti xodimlari shubhali fuqaro yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazdilar. Erkak umra safaridan qaytgan ziyoratchi kabi kiyimda umumiy yo‘lovchilar zalida harakatlanayotgan edi.

U bojxona nazoratidan "yashil yo‘lak" orqali o‘tgan. Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, fuqaro aslida Dehli shahridan Toshkentga kelgan.

Uning to‘rtta yo‘lovchi sumkasi ichidan Hindistonda ishlab chiqarilgan 1 798 dona turli dori vositalari topildi. Ushbu dori vositalarining umumiy qiymati 204 million 972 ming so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, fuqaroda ushbu dori vositalariga tegishli biron-bir hujjat ham bo‘lmagan. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda kontrabandachi ziyoratchi ko‘rinishiga kirdi