Xabi Alonso: "Real"ga aniqlik yetishmadi

Xabi Alonso: "Real"ga aniqlik yetishmadi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Chempionlar ligasi doirasida "Liverpul"ga qarshi oʻyinda jamoasining magʻlubiyati sabablari haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Musobaqaning guruh bosqichi toʻrtinchi turida "Real" safarda minimal hisobda – 0:1 magʻlub boʻldi.

"Men jamoamizda intensivlik yetishmadi deb oʻylamayman. Biz yaxshi kurashdik, bu oʻta murakkab oʻyin boʻldi.

Jamoani tanqid qilish niyatim yoʻq, lekin soʻnggi uchdan bir qismda aniqlik yetishmadi", – dedi Alonso "Madrid Xtra" nashriga bergan intervyusida. Hozirda "Real" Chempionlar ligasi turnir jadvalida 9 ochko bilan beshinchi oʻrinni egallab turibdi.

Keyingi turda "Real" safarda "Olimpiakos"ga qarshi maydonga tushadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar