Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi Qo‘qonda yiliga 10 ming donagacha elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Loyiha qiymati - 300 million dollar, dastlabki seriyali elektromobilni ishlab chiqarish 2023 yilga mo‘ljallangan.
«Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasida avtomobillarni seriyali ishlab chiqarish tashkil etiladi. Quvvati yiliga 10 ming dona elektromobil bo‘lgan zavod qurilishi 2021 yilda boshlanishi kerak.
Loyihada Janubiy Koreyaning Hyundai, Evergreen Motors (MDHda KIA va Hyundai rasmiy distribyutori), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi ishtirok etadi. Loyihani amalga oshirish natijasida 1000 ish o‘rni yaratiladi.
Bu Hyundai’ning O‘zbekistonda avtomobilsozlik sohasidagi birinchi loyihasi emas. Kompaniya Namangan viloyatida 1 tonnadan 50 tonnagacha yuk ko‘tarishi mumkin bo‘lgan yuk avtomobillari, shaharlararo va turistik avtobuslar, shuningdek, maxsus transport vositalari yig‘ishni yo‘lga qo‘yadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi