3 775
O‘zbekistonlik olimlar kuyishga qarshi yara bitkazuvchi vosita olish usulini ishlab chiqishdi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti tomonidan kuyishga qarshi va yara bitkazuvchi vositani olish usuli ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi patenti olindi deb xabar bermoqda Fanlar akademiyasi.
Kuyishga qarshi va yara bitkazuvchi vosita maydalangan O‘simlik xom-ashyosini eritgich - benzin yoki geksanda ekstraksiya qilish, filtrdan o‘tkazish va eritgichni bug‘lantirish yo‘li bilan olinadi.
Yara bitkazuvchi vosita quyidagi jihati bilan farqlanadi: O‘simlik xom-ashyosi sifatida mos ravishda 2,5-1:1:1 massa nisbatida olingan na’matak mevalari (Rosa canina L.), kunjut urug‘i (Sesamum indicum L.), garmalaning yerusti qismi (Peganum harmala L.) va zizifora (Ziziphora pedicellata Pazij et Vved) qo‘llanadi, benzin yoki geksan bilan ekstraksiyalash Sokslet sistemasida 60-78°C haroratda hamda xom-ashyo: eritgichning 1:15 massa nisbatida 8-10 marta o‘tkaziladi keyin ekstrakt tabiiy lipidli moddalar miqdori 30-35 foizga yetgunicha konsentratsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?