22:30 / 02.11.2020
1 843

Microsoft kompaniyasi Xbox Series X uslubida yaratilgan muzlatkichni taqdim etdi (video)

Microsoft kompaniyasi Xbox Series X uslubida yaratilgan muzlatkichni taqdim etdi (video)
Foto: «Informator.ua»
Microsoft kompaniyasi Xbox uslubida yaratilgan — Xbox Series X Fridge muzlatkichini taqdim etdi.

Muzlatkichning balandligi 1778 millimetrni, uzunligi 635 va eni 762 millimetrni tashkil etadi. Eshigining yuqori burchagida Xbox logotipi joylashgan bo‘lib, foydalanuvchi har safar muzlatkichni ochganida u konsolning yuklanish ovozini eshitadi.

Microsoft mahsuloti ichki tomoni bilan ham farqlanadi: rangi, muzlatkichdan chiqayotgan nur oddiy qurilmalardagi kabi oq emas, balki yashil.

Microsoft Xbox Series X Fridge’dan jami uchta yaratgan. Ularning ikkitasini kompaniya Snoop Dogg va bloger iJustine’ga sovg‘a qildi. Uchinchi muzlatkich egasi esa marka muxlislari orasidan tanlov asosida tanlab olinadi. Qurilma erkin savdolarga chiqmaydi.

Foto: «Informator.ua»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Microsoft kompaniyasi Xbox Series X uslubida yaratilgan muzlatkichni taqdim etdi (video)