15:29 / 21.12.2020
2 296

Archa shaklining proyeksiyasini tushirishga qodir «aqlli» sviter namoyish etildi(video)

Archa shaklining proyeksiyasini tushirishga qodir «aqlli» sviter namoyish etildi(video)
Kadr: YouTube
Ford kompaniyasi yo‘lga archa shaklining proyeksiyasini tushirishga qodir jemperni taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Bu jemperdagi Rojdestvo bug‘usining ulkan burni, shoxlari va dumiga joylashtirilgan datchiklar yordamida amalga oshiriladi.

Noodatiy konsept avtomobilsozlik kompaniyasi tomonidan bayram munosabati bilan birinchi navbatda velosipedchilar uchun yaratilgan. Kompaniyadagilarning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi buyum nafaqat velosiped egalariga, balki elektrosamokat haydovchilarga ham foyda beradi.

Garderobdagi «aqlli» element ichiga o‘rnatilgan mexanizm yordamida o‘z egasining atrofiga archa shaklining proyeksiyasini tushiradi. Uning 1,5 metrli shakli yo‘lda paydo bo‘lib, qorong‘uda harakatlanayotgan velosiped haydovchilariga pastdan yoritish hisobiga yordam beradi. Shunday qilib, proyeksiya avtomobil haydovchilariga quvib o‘tishda masofalanishga rioya qilish zarurligini ogohlantirib turadi.

Shuningdek, kompaniyadagilarning ma’lum qilishicha, bu kabi konsepsiya koronavirus pandemiyasi davrida ham foyda beradi. Proyeksiya yana bir bor odamlarga ko‘cha-ko‘yda ijtimoiy masofalanishga rioya qilish lozimligini eslatishga xizmat qiladi.

Rudolf laqabli bug‘uning tasviri tushirilgan jemperni Ford kompaniyasi kelajakda ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Archa shaklining proyeksiyasini tushirishga qodir «aqlli» sviter namoyish etildi(video)