Foto: alexfan32/Shutterstock/FOTODOM
«Ukrainaga nisbatan tajovuz davom etadigan bo‘lsa», Rossiyani SWIFT to‘lov tizimidan uzib qo‘yish hamda uning neft va gazidan voz kechish lozim. Yevroparlament rezolyutsiyasi loyihasida ana shunday taklif bildirildi.
Bundan tashqari, Rossiya hukumatiga yaqin bo‘lgan biznesmenlar va ularning oila a’zolari aktivlarini muzlatish hamda vizalarini bekor qilish taklif etilgan.
Yevroparlament rezolyutsiyalari majburiy emas, balki tavsiyaviy tusga ega. Ammo Yevroittifoqning boshqa institutlari deputatlar fikrini inobatga olishi lozim.
Rossiya bankining bildirishicha, mamlakat kredit tashkilotlarining xalqaro terminallardan uzib qo‘yilishi ehtimoli uchun maxsus tizim allaqachon ishlab chiqilgan.
SWIFT — banklararo ma’lumot almashish va to‘lovlarni amalga oshirish tizimi bo‘lib, unga dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridagi 11 mingdan ortiq yirik tashkilot ulangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi