Foto: VC.ru
Britaniya 5Rights tashkiloti o‘nlab yirik texnologik kompaniyalarni internetda tizimli ravishda bolalarni xavfga solishda va yaqinda kuchga kirgan Buyuk Britaniya Bolalar kodeksini buzishda aybladi.
Bolalarning raqamli huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan 5Rights tashkiloti raisi va Lordlar palatasi a’zosi, baronessa Biban Kidron yuqoridagi shikoyatlar muallifi bo‘lib, bu borada Axborot masalalari bo‘yicha vakolatli ofis (ICO)’ga murojaat qilgan, deya yozadi vc.ru. Aynan baronessa Kodeksni qabul qilishni taklif qilgandi.
Hayriya tashkiloti tadqiqot o‘tkazgan va o‘nlab servislar, jumladan, TikTok, Snap, Twitter va Instagram kabi mashhur, shuningdek, u qadar ommalashmagan platformalar Omegle, Monkey va Kik’larni aybladi.
Hujjatda mazkur platformalar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan mobil ilovalarda bolalarni o‘zi joylashgan manzil haqidagi ma’lumot bilan bo‘lishish hamda ana shu funksiya asosida shaxsiylashtirilgan reklama olishga undovchi dizaynerlik qarorlari mavjud ekani aytiladi. Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, ushbu platformalarda xavfli materiallar e’lon qilinadi. Masalan, ovqatlanishning buzilishi, o‘z joniga qasd qilish kabi mavzular shular jumlasidan.
Ilovalarda notanishlar bilan videochat kabi reytingga mos kelmaydigan funksiyalarga kirish imkoniyatini taqdim etishdan avval foydalanuvchining yoshi yetarli darajada tekshirilmaydi. Bundan tashqari, o‘yin ilovalarida Google kabi reklama kompaniyalaridan tortib, Grubhub va Uber ovqat yetkazib berish xizmati, shuningdek, Pinterest’dan Facebook’gacha bo‘lgan ijtimoiy platformalar bilan ma’lumotlar bo‘lishiladi.
Britaniya Yoshga muvofiqlik kodeksi (yoki Bolalar kodeksi) tegishli tartibni o‘rnatishi kerak bo‘lgan kompaniyalar uchun imtiyozli yil o‘tgach, sentabr oyining boshida kuchga kirdi. Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, u novatorlik kodeksi hisoblanadi. Kodeks qoidalarini buzish Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish Yevropa umumiy reglamenti (GDPR)ni buzishda nazarda tutilgan oqibatlar, jumladan, qoidani buzgan kompaniya jahondagi aylanmasining 4 foizigacha bo‘lgan miqdordagi jarimani ko‘zda tutadi.
AQSH Senati va Kongressi a’zolari Amerika texnogigantlarini hujjatning amerikalik bolalarga nisbatan qo‘yiladigan talablariga ixtiyoriy ravishda bo‘ysunishga chaqirgan. Natijada YouTube, Instagram va TikTok kabi yirik ijtimoiy platformalar o‘z servislariga o‘zgarishlar kiritishdi. Biroq hali ko‘plab muammolar mavjud. Shikoyatda 102 platformada kuzatilgan qoida buzilishi holatlari batafsil bayon etilgan. Bu ularning tizimli xarakteri haqida guvohlik beradi.
Tadqiqot o‘tkazish maqsadida loyiha mualliflari Android va iOS boshqaruvidagi qurilmalarni 8, 13 va 15 yoshdagi bolalarga tegishli qurilmalar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishdi. Ular Apple do‘konidan 16ta, jumladan, Happn, Find Me A Freak, Bumble va 18 yoshdan boshlab yosh reytingiga ega boshqa ilovalarni yuklab olishdi. 15 yoshdagi bola nomiga ro‘yxatga o‘tkazilgan qurilmada foydalanuvchi talab etiluvchi yoshga yetganini tasdiqlash uchun «OK» tugmasini bosishning o‘zi kifoya qilgan.
Omegle kabi o‘nlab ilovalar foydalanuvchilarga notanish kishilar bilan matn yoki video shaklida muloqot qilish imkonini beradi. Mazkur ilovalardan 13 yoshdan katta ekanini tasdiqlash uchun tug‘ilgan sana so‘raladi. Agar foydalanuvchi 18 yoshdan kichik bo‘lsa, u holda ota-ona roziligi talab etiladi. Ota-ona haqiqatan ham ruxsat berganini tasdiqlovchi mexanizm esa mavjud emas. O‘smirlardan biri tadqiqot mualliflariga bolaligida ko‘p vaqtini Omegle’da o‘tkazgani, katta yoshdagilar bilan muloqot qilganida ko‘pincha intim xarakteridagi kontentga duch kelgani haqida aytib berdi.
Tavsiyalar algoritmlarida zararli material mavjudligi yoki ular bolalarga notanish kattalarni do‘st sifatida taklif etish orqali bolalar xavfsizligini tahdid ostiga qo‘yayotgani ham aniqlangan. Twitter’dagi izlash tugmasi “o‘z joniga qasd qilish” kabi mavzulardagi ma’lumotlarni osonlik bilan topish imkonini beradi. Voyaga yetmaganlar ana shunday so‘rovlar, shuningdek, ularga tegishli heshteglar natijalariga bemalol kira olishi mumkin. Aynan shunday izlash natijalarida voyaga yetmaganlar ko‘rishi kerak bo‘lmagan tasvirlar va hatto yo‘riqnomalar mavjud. Ular esa nafaqat Buyuk Britaniya qonunchiligi, balki platformaning shaxsiy qoidalariga ham zid.
Vanihoyat, 5Rights tadqiqotlariga ko‘ra, Monkey videochati uchun ilovada foydalanuvchini o‘zi joylashgan manzilni ma’lum qilishga undovchi memlardan foydalaniladi. U esa keyinchalik o‘sha hududdagi foydalanuvchini izlash uchun qo‘llanadi. Snapchat ilovasida 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar akkauntlari Snap Maps funksiyasi uchun yopib qo‘yiladi. Biroq tadqiqot mualliflarining ishonch bildirishicha, foydalanuvchilarni ular joylashgan manzil targetlashtirilgan reklamada foydalanish mumkin bo‘lishiga undaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin