date

AQShda nasroniylar uchun pornografiyani bloklovchi uyali tarmoq ishga tushirildi

AQShda nasroniylar uchun pornografiyani bloklovchi uyali tarmoq ishga tushirildi

AQShda shu hafta xristianlarga mo'ljallangan yangi milliy uyali aloqa tarmog'i ishga tushiriladi. Tarmoq pornografiyani bloklaydi va bu AQSh uyali aloqa bozorida tarmoq darajasidagi birinchi shunday cheklov hisoblanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kattalar uchun mo'ljallangan akkaunt egalari ham bu blokirovkani o'chira olmaydi.

Shuningdek, jinsiy xarakterdagi kontent, jumladan gender va transgendelarga oid materiallarni bloklashga qaratilgan filtr ham joriy etiladi. Bu filtr ixtiyoriy bo'lsa-da, barcha tarif rejalarida sukut bo'yicha yoqilgan bo'ladi.

5 may kuni ishga tushirilishi kutilayotgan tarmoq Radiant Mobile virtual operatori tomonidan boshqariladi. Kompaniya T-Mobile kabi yirik provayderlardan o'tkazuvchanlik qobiliyatini sotib olib, uni ma'lum guruhlarga sotadi.

Radiant Mobile asoschisi Pol Fisherning ta'kidlashicha, kompaniya pornografiya va LGBT mavzularidan xoli muhit yaratishni maqsad qilgan. T-Mobile vakili bu holat kompaniya qoidalarini buzish yoki buzmasligi haqida izoh bermadi.

Fisher ushbu loyihani targ'ib qilish uchun qator xristian arboblarini jalb qilgan va butun mamlakat bo'ylab minglab cherkovlar bilan hamkorlik o'rnatgan. Foydalanuvchilar o'zlarining 30 dollarlik oylik to'lovlarining bir qismini cherkovga o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » AQShda nasroniylar uchun pornografiyani bloklovchi uyali tarmoq ishga tushirildi