07:00 / 02.11.2021
1 990

Avstraliyada koronavirusga qarshi emlashning yangi usuli ishlab chiqildi

Avstraliyada koronavirusga qarshi emlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Foto: the University of Queensland
Avstraliyaning Kvinslend universiteti olimlari koronavirusga qarshi emlashni plastir yordamida amalga oshirish usulini ishlab chiqishdi.

SciTechDaily nashrida ta’kidlanishicha, bunda o‘ta zich mikrochiiplarga (HD-MAP) ega plastir qo‘llanadi. U teriga yopishtirilgandan keyin minglab mikroskopik reaksiyalar boshlanadi. Loyihaning yetakchi tadqiqotchisi Devid Myullerning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi plastirning sichqonlarda o‘tkazilgan sinovlari organizmning unga yuqoriroq immun javobini ko‘rsatgan. Olimlar plastir yordamida virusning ko‘plab shtammlari, jumladan alfa va beta turlarini bartaraf eta olishganini aytishmoqda.

Ta’kidlanishicha, vaksina saqlash uchun qulay va boshqa vaksinalardan farqli, sovuq haroratni talab qilmaydi.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, plastir narxi bir doza vaksina narxidan yuqori bo‘lmaydi. Tadqiqotchilar ushbu texnologiyani dunyoga taqdim qilishga umid qilishmoqda va uning klinik sinovlarini tezroq o‘tkazish uchun zarur mablag‘ izlashmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Avstraliyada koronavirusga qarshi emlashning yangi usuli ishlab chiqildi