Quruq kallus yoki qadoq jiddiy muammodir. Ular noqulaylik tug‘dirardi, yurish paytida og‘riq va yonish hissini paydo qiladi. Oyoqdagi og‘riqli quruq kallusni topib, biror chora ko‘rish darkor. Buning uchun nima qilish kerak?
Qadoq paydo bo‘lishiga poyabzalni noto‘g‘ri tanlash, oyoqlarga doimiy yukning ko‘pligi, baland poshnali oyoq kiyim va ortiqcha vazn sabab bo‘ladi. Hosil bo‘lgan quruq qadoqdan qutulish qiyin, shuning uchun uning oldini olish osonroq. Agar odam chidab bo‘lmas darajada aziyat cheksa, jarroh bilan bog‘laning.
Muammoni uy sharoitida ham bartaraf etsa bo‘ladi. Bunda quyidagi usullar eng samarali hisoblanadi:
- Yumshatuvchi komponentli vannalar;
- Kompresslar;
- Faol niqoblar.
Vannalarni tayyorlash uchun ko‘pincha iste’mol sodasi, dengiz tuzi, dorivor o‘simliklar ishlatiladi. Masalan, ½ osh qoshiq kukunni 1 litr issiq suvda eritib, unga dengiz tuzi qo‘shing. Oyoqlarni 30-60 daqiqa davomida eritmada vanna qiling. Keyin ivigan qadoqnini pomza toshi yordamida tozalang va oyoqlarni yaxshilab arting.
Oyoqlardagi kallusdan qanday xalos bo‘lish mumkin?
Quruq qadoqdan qutulish uchun iste’mol sodasi va dengiz tuzi bilan bir qatorda dorixona mahsulotlari ishlatiladi:
- Vodorod peroksid;
- Nashatir spirti;
- Aspirin;
- Glitserin.
Vannani tayyorlash uchun suvga peroksid yoki ammiak qo‘shiladi. Uch component — soda, ammiak va xo‘jalik sovunidan iborat vanna juda samarali natija ko‘rsatadi.
Aspirin suvda eritiladi, limon suvi bilan aralashtiriladi va ta’sirlangan joyga niqob shaklida qo‘llaniladi. Glitserin asosida niqob ham uni sirka (afzali olma sirkasi) yoki ammiak bilan teng nisbatda aralashtirish orqali tayyorlanadi.
Oddiy xalqona davolash choralari oyoqdagi kallusdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Agar sanab o‘tilgan vositalardan hech biri uydan topilmasa, oyoqlardagi qadoq qanday ketkaziladi? Bu holda oziq-ovqat mahsulotlari yordamga keladi: piyoz, sarimsoq, kartoshka po‘sti, qora non, sut, limon, sirka.
Ko‘pgina retseptlar mavjud. Misol uchun xom yoki qaynatilgan piyozdan kompresslar tayyorlash mumkin (qaynatmani vanna sifatida ham qo‘llasa bo‘ladi). Sirka bilan to‘g‘ralgan sarimsoqni aralashtirib kallus joyiga surting. Agar barmog‘ingizda kallus paydo bo‘lgan bo‘lsa, javdar qobig‘ini olma sirkasi bilan namlab, tun bo‘yi kompress qilish tavsiya etiladi.
Oyoqlardagi qadoqdan xalos bo‘lish qiyin, lekin agar astoydil urinsangiz, buning iloji bor. Ba’zida xalqona usullar skalpel yoki jarrohlik lazeridan ko‘ra samaraliroq bo‘lishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring