date

Krishtianu Ronaldu Portugaliya - Irlandiya o‘yinida penaltidan foydalana olmadi

Krishtianu Ronaldu Portugaliya - Irlandiya o‘yinida penaltidan foydalana olmadi

Krishtianu Ronaldu Portugaliya — Irlandiya o‘rtasidagi Jahon chempionati—2026 saralash bosqichi doirasidagi o‘yinda 75-daqiqada penalti ishonchini oqlay olmadi. Portugaliyaliklar ushbu daqiqada 11 metrli jarimani amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritishgan, biroq Ronalduning zarbasini Irlandiya darvozaboni Kaoimxin Kellexer muvaffaqiyatli qaytardi.

Shu paytgacha hisob ochilmagan edi va ushbu vaziyatda ham u o‘zgarishsiz qoldi, deb xabar beradi Betnews.by.

Qizig‘i shundaki, shu kungi o‘yinlarda 4 ta penalti golga aylanmagan. Ronaldudan tashqari, penaltidan foydalana olmagan futbolchilar: Erling Xoland (Norvegiya – Isroil), Mateo Retegi (Italiya – Estoniya), hamda Ferran Torres (Ispaniya – Gruziya)dir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu Portugaliya - Irlandiya o‘yinida penaltidan foydalana olmadi