UFC Rio: Oliveyra sabmishn, Figeyredu ochkolarda zafar quchdi

UFC Rio: Oliveyra sabmishn, Figeyredu ochkolarda zafar quchdi

Rio-de-Janeyroda o‘tgan “UFC Rio” tugadi va muxlislar shiddatli, murosasiz janglarga guvoh bo‘lishdi. Quyida kechaning barcha to‘qnashuvlari qisqacha natijalari bilan tanishing.

Prelim kard

  • Luan Laserda 1-raundda Saymon Oliveyrani sabmishn bilan taslim etdi.

  • Juliya Polastri 3-raundda Karolina Kovalkevichni texnik nokautga uchratdi.

  • Lukas Rocha hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Styuart Nikollni mag‘lub etdi.

  • Beatris Meskita 2-raundda Irina Alekseyevani bo‘g‘ish usuli (sabmishn) bilan yengdi.

  • Vitor Petrino 3-raundda Tomas Petersenni chisti nokaut qildi.

  • Jafel Fil'yo raund oxirida Kleyton Karpenterni sabmishn orqali taslim etdi.

  • Maykl Asvell 1-raunddayoq Lukas Almeydani texnik nokaut bilan to‘xtatdi.

Asosiy kard

  • Kaan Ofli 1-raundning o‘zida Rikardo Ramosni sabmishn bilan yengdi.

  • Mario Pinto 2-raundda Jonata Dinizni texnik nokaut qildi.

  • Xoel Alvares hakamlar qaroriga binoan Visente Lukedan ustun keldi.

  • Deyvison Figeyredu ochkolarda Montel Jeksonni ortda qoldirdi.

  • Charlz Oliveyra 2-raundda Mateush Gamrotni sabmishn bilan mag‘lub etdi.

Kechа braziliyalik yulduzlar uchun o‘ta omadli kechdi: Oliveyra yana texnikasi bilan hayratga soldi, Figeyredu esa ta’sirli strategiyasi bilan ochkolarni o‘z tomoniga og‘dirdi. UFC muxlislari uchun tom ma’noda to‘laqonli jang kechasi bo‘ldi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar