date

Kayl Uoker: «Milan»ga ketish – mening eng egoistik qarorim edi

Kayl Uoker: «Milan»ga ketish – mening eng egoistik qarorim edi

Angliyalik himoyachi Kayl Uoker o‘tgan mavsum «Manchester Siti»dan «Milan»ga vaqtincha ijaraga ketishini o‘z karyerasidagi «eng egoistik qadam» deb ta’rifladi. U Sky Sports’ga bergan suhbatida o‘sha payt klub qiyin ahvolda bo‘lgani, o‘zi esa sardor sifatida jamoa bilan qolishi kerakligini tan oldi.

«O‘sha paytda men sardor edim. Demak, jamoa qiynalgan vaqtda ular yonida turishim shart edi. Orqaga qarasam, ketmasligim kerak bo‘lgan. O‘sha qarorimda faqat o‘zimni o‘yladim — bu egoistik qaror edi», — dedi Uoker.

Ma’lumki, Uoker o‘tgan mavsum o‘rtasida o‘yin amaliyoti kamaygani sabab Italiyaga yo‘l olgandi. Biroq «Milan» safida u ham natijalar, ham jarohatlar tufayli o‘zini to‘liq namoyish eta olmadi va klub yozda uni doimiy ravishda sotib olmaslikka qaror qildi.

Yozgi transferlar oynasida esa Uoker Premyer-liganing yangi jamoasi — «Byornli»ga qo‘shildi. Unga ko‘ra, asosiy maqsad — yangi klubiga elita divizionida qolish uchun bor kuchini berish.

Uokerning bu ochiq e’tirofi futbolchi sifatida shaxsiy manfaat bilan jamoa mas’uliyati o‘rtasidagi muvozanat naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kayl Uoker: «Milan»ga ketish – mening eng egoistik qarorim edi