date

Gazli ichimliklar xotirani pasaytirishi isbotlandi

Gazli ichimliklar xotirani pasaytirishi isbotlandi

The American Journal of Clinical Nutrition jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, qayta ishlangan go‘sht va shakarli gazli ichimliklar keksa odamlarda kognitiv pasayish (xotira zaiflashuvi) bilan eng kuchli bog‘liq mahsulotlardir.

Tadqiqot tafsilotlari:

– 7 yil davomida 55 yoshdan katta 5000 dan ortiq amerikalik kuzatildi.

– Ularning ovqatlanish odatlari o‘rganildi va xotira maxsus testlar orqali baholandi.

Xavf ko‘rsatkichlari:

– Kuniga bitta porsiya qayta ishlangan go‘sht iste’moli — xotira muammolari xavfini 17% ga oshiradi.

– Har bir gazlangan ichimlik — yana 6% qo‘shimcha xavf.

– Ikkalasini birga muntazam iste’mol qilganlarda kognitiv pasayish tezroq kechadi.

Mutaxassislar tavsiyasi:

– Qayta ishlangan go‘shtni kamaytirish.

– Uyda tayyorlangan sog‘lom taomlarni ko‘proq iste’mol qilish.

– Gazli ichimliklarni oddiy suv bilan almashtirish.


Olimlarning aytishicha, parhezdagi oddiy o‘zgarishlar xotira pasayishi va demensiya rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkin.


Manba: Uz24.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Gazli ichimliklar xotirani pasaytirishi isbotlandi