date

JCH–2026 saralashi. Iroq Indoneziya ustidan g‘alaba qozondi

JCH–2026 saralashi. Iroq Indoneziya ustidan g‘alaba qozondi

Jahon chempionati–2026 saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan Iroq va Indoneziya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs kutilgandek keskin va murosasiz o‘tdi. Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi.

76-daqiqada Iroq termasining yarimhimoyachisi Zidan Iqbol jarima maydoni ichida aniq zarba berib, jamoasiga muhim g‘alaba keltirdi. Shu tariqa, iroqliklar 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va mundial yo‘llanmasi uchun kurashda o‘z pozitsiyasini mustahkamladi.

Indoneziya esa ikkinchi mag‘lubiyatini qayd etdi va amalda Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. Jamoa har ikki bahsda ham raqiblari bosimiga dosh bera olmadi.

Bu guruhda Saudiya Arabistoni ham ishtirok etmoqda. Saudiyaliklar ham 3 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi, Iroq ikkinchi o‘rinda bormoqda. Endi eng muhim bahs — 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Iroq va Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo‘ladi. Unda Jahon chempionati yo‘llanmasi taqdiri hal bo‘lishi mumkin.

JCH–2026 saralashi, Osiyo qit’asi
Iroq — Indoneziya 1:0
Gol: Zidan Iqbol (76).

Iroq: Hassan, Ali, Yunus, Tahsin, Doski, Bayesh, Ya‘qub (Iqbol, 46), Al Ammari, Resan (Jasim, 69), Karim (Amin, 46), Ali (Muhsin, 69).
Indoneziya: Paes, Diks, Rido, Idzes, Jeyms (Tjoe-a-On, 87), Pelupessi (Sananta, 87), Rendonk, Reynders (Jonatan, 65), Xaye, Kambuaya (Oratmanguen, 46), Zaylstra (Romani, 56).

Zidan Iqbolning goli nafaqat jamoasiga ochko, balki Iroq uchun yangi ruhiy ko‘tarinkilik ham olib keldi. Mahalliy OAVlar yozishicha, Iqbolning bu g‘alabadagi roli uni mamlakatning yangi qahramoniga aylantirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH–2026 saralashi. Iroq Indoneziya ustidan g‘alaba qozondi