date

Hindistonda yo‘tal siroplaridan vafot etgan bolalar soni oshmoqda

Hindistonda yo‘tal siroplaridan vafot etgan bolalar soni oshmoqda

Hindistonda so‘nggi bir oy ichida Maharashtra va Madhya Pradesh shtatlarida kamida 14 nafar bola vafot etgani sababli, yo‘tal siroplarini vaqtincha taqiqlashga qaror qilindi. Bolalarda dastlab shamollash alomatlari kuzatilgan, ammo keyinchalik ularning ahvoli og‘irlashib, buyrak yetishmovchiligi va hushdan ketish holatlari qayd etilgan.

Rasmiylar o‘limlar sodir bo‘lgan bolalarning uyidan topilgan yo‘tal siroplarini vaqtincha sotishni to‘xtatdi. Ayrim mutaxassislar bu holatni zaharlanish bilan bog‘lashayotgani, boshqalar esa kamyob Chandipura virusi sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Hozirda 22 ta sirop partiyasi taqiqlangan. Rajastanda ham bir necha bola sirop ichgach vafot etgan va bir shifokor uning xavfsizligini tekshirish maqsadida ichib, hushidan ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda O‘zbekistonda ham Hindistonda ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” siropi sabab 69 nafar bola halok bo‘lgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Hindistonda yo‘tal siroplaridan vafot etgan bolalar soni oshmoqda