Jahon chempionati–2026 saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Ummon terma jamoalari o‘rtasidagi bahs muxlislarga dramatik lahzalar ulashdi. Bellashuv 2:1 hisobida BAAning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinining ilk qismida kutilmagan holat yuz berdi: 12-daqiqada BAA himoyachisi Kuame Autonne noqulay harakat orqali to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi — hisob 0:1. Birinchi bo‘lim shunday natija bilan yakunlandi.
Ikkinchi taymda maydondagi kurash yanada keskin tus oldi. 76-daqiqada Markus Meloni raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni tenglashtirdi. 83-daqiqada esa Kayo jamoasiga muhim g‘alaba olib kelgan golni urdi.
Shu tariqa BAA 3 ochkoni qo‘lga kiritib, saralash guruhida peshqadamlikni mustahkamladi. Ummon esa bir ochko bilan orqa o‘rinlarda qoldi. Ushbu guruhda Qatar ham ishtirok etmoqda va hozircha 1 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
JCh–2026 saralashi, Osiyo
BAA — Ummon 2:1
Gollar: Meloni (76), Kayo (83) — Autonne (avt. 12).
Tarkiblar:
BAA: Eysa, Meloni, Pimenta, Autonne, Amaral, Lima (Nader, 46), Hasan (Kanedo, 46), Alhassani (Saleh, 38), Ramadan (Suhayl, 46), Ximenes (Zuxir, 88), Kayo.
Ummon: Al Muhayni, Al Xarti (Al Mushayfri, 77), Al Hamisi (Al Akbari, 85), Rushaydi, Al Brayki, Busaydi, Al Ravahi, Al Saadi, Al Alavi (Favoz, 77), Dahman (Al Gassani, 85), Al Subhi (Al Gafri, 62).
Bellashuv natijasi BAA uchun muhim qadam bo‘ldi — jamoa endi keyingi bahsda ham o‘z ustunligini saqlab qolishni maqsad qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!