date

JCH-2026 saralashi. Ispaniya, Italiya va Portugaliyada g‘alaba va boshqa natijalar

JCH-2026 saralashi. Ispaniya, Italiya va Portugaliyada g‘alaba va boshqa natijalar

Jahon chempionati–2026 saralash bosqichi doirasida Yevropaning bir qator terma jamoalari maydonga tushdi va muxlislarga gollarga boy kun ulashdi.

Portugaliya terma jamoasi Irlandiyaga qarshi bahsda qiyin g‘alabaga erishdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Ruben Neves aniq zarba yo‘llab, jamoasiga muhim 3 ochkoni ta’minladi — 1:0. Qizig‘i, bu bellashuvda Krishtianu Ronaldu penalti urish imkoniyatidan foydalana olmadi.

Portugaliya — Irlandiya 1:0
Gol: Neves (90+1).

Portugaliya: Koshta, Dalot (Trinkau, 62), Diash, Inasio (Veyga, 46), Mendesh, Neves, Vitinya (Semedu, 61), Neto (Leau, 61), Fernandesh (Ramush, 86), Silva, Ronaldu.
Irlandiya: Kelleher, O’Breyn, Kollins, O’Shea, Koleman (Egan, 86), Kullen, Molumbi, Manning, Ebozele (Jonston, 74), Ogbene (Smolbon, 77), Fergyuson (Parrot, 78).

Shu bilan birga, Italiya mehmon sifatida Estoniyani 3:1 hisobida taslim qildi. Moyze Kin, Retegi va Esposito tomonidan kiritilgan gollar “adzzurrilar”ni navbatdagi g‘alabaga olib chiqdi.

Estoniya — Italiya 1:3
Gollar: Sappinen (76) — Kin (4), Retegi (38), Esposito (74).

Estoniya: Heyn, Peetson, Pakotsi, Kusk (Mets, 62), Salitse (Sinyavskiy, 46), Palumaets (Larsen, 46), Soomets, Kayt, Sheyn, Saarma, Tamm (Sappinen, 62).
Italiya: Donnarumma, Di Lorentso, Bastoni, Kalafiori, Orsolini (Kombiyaso, 62), Barella (Frattezi, 77), Tonali, Dimarko, Kin (Esposito, 15), Raspadori (Spinatszola, 62), Retegi (Kristante, 77).

Kunning eng yirik natijasi Turkiyaga tegishli bo‘ldi — Stefan Kuns shogirdlari Bolgariya darvozasiga javobsiz 6 to‘p yo‘lladi (1:6). Gollarga Guler, Yildiz (dubl), Chelik va Kavechi mualliflik qildi, bir to‘p esa bolgar himoyachisi Popov tomonidan avtogol sifatida qayd etildi.

Bolgariya — Turkiya 1:6
Gollar: Kirilov (13) — Guler (11), Popov (avt. 49), Yildiz (51, 56), Chelik (65), Kavechi (90+3).

Bolgariya: Mitov, Popov (Turitsov, 63), Xristov, Bojinov, Petrov, Petkov (Dimitrov, 64), Stayanov, Krayov, Kirilov (Petkov, 73), Chochaev (Krasev, 72), Despodov (Minchev, 64).
Turkiya: Chakir, Chelik, Demiral, Bardakchi, Qadiog‘lu, Chalhanog‘lu (Ozjan, 63), Kokchu, Aydin, Guler (Uzun, 69), Yildiz (Kavechi, 63), Akturoglu.

Ispaniya ham o‘z navbatida ishonchli o‘yin namoyish etdi — Gruziya ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Pino va Oyarzabal kiritgan gollar “qizil furiya”ni “E” guruhida peshqadamlik sari olib chiqdi.

Ispaniya — Gruziya 2:0
Gollar: Pino (24), Oyarzabal (64).

Ispaniya: Simon, Porro (Llorente, 75), Norman, Kubarsi, Kukurelya, Merino, Subimendi (Garsiya, 81), Pedri (Barrios, 74), Torres, Oyarzabal (Iglesias, 65), Pino (Baena, 64).
Gruziya: Mamaradashvili, Kakabadze (Azarovi, 80), Goglichidze, Kashia, Dvali, Gocholeishvili, Kiteishvili (Gognidze, 69), Kochorashvili, Mekvabishvili (Mamuchashvili, 86), Mikautadze (Kvernadze, 69), Kvaratsxeliya (Davitashvili, 69).

Hozirgi holatga ko‘ra:
— “F” guruhida Portugaliya 9 ochko bilan yetakchi, Irlandiya esa 1 ochko bilan 4-o‘rinda;
— “I” guruhida Italiya 12 ochko bilan ikkinchi, Estoniya 3 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda;
— “E” guruhida Ispaniya 9 ochko bilan peshqadam, Turkiya 6 ochko bilan ikkinchi, Gruziya 3 ochko bilan uchinchi, Bolgariya esa ochkosiz qolgan.

Yevropa saralashining bu turi nafaqat natijalar bilan, balki Ronalduning noodatiy xatosi va Turkiyaning joyida “portlagan” gol feyerverki bilan ham yodda qoldi. Muxlislar esa navbatdagi bahslarda yana shunday tantanali o‘yinlarni kutishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2026 saralashi. Ispaniya, Italiya va Portugaliyada g‘alaba va boshqa natijalar