date

Yaponiya shaharlarida smartfon ishlatishga soatli me’yor joriy etildi

Yaponiya shaharlarida smartfon ishlatishga soatli me’yor joriy etildi

Yaponiyaning Ai prefekturasiga qarashli Toyoake shahrida aholining smartfon va noutbuklardan foydalanish vaqtini cheklash bo‘yicha yangi tashabbus amalga oshirildi. Bu haqda Time nashri xabar berdi.

Qaror shahar meri Masafumi Koүki tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, maqsad — odamlar o‘rtasida jonli muloqotni kuchaytirish va sog‘lom uyqu odatlarini yo‘lga qo‘yish.

Tavsiyaga ko‘ra, ish va o‘qishdan bo‘sh vaqtda fuqarolar smartfon yoki planshetdan kuniga ikki soatdan ortiq foydalanmasliklari kerak. Bu cheklov majburiy emas — faqat o‘zini o‘zi nazorat qilishni rag‘batlantiradi.

Merning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda ekranga bog‘liqlik insonlar orasida muloqotni zaiflashtirmoqda:
“Hatto poyezdda ham odamlar bir-biriga qarashmaydi — hammasi telefon bilan 'suhbatda'”, degan u.

Mutaxassislar ham bu fikrni qo‘llab-quvvatladi: ekran qarshisida uzoq vaqt o‘tirish melatonin miqdorini kamaytiradi, uyqu va ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarga chuqur berilib ketish tashvish va izolyatsiyani kuchaytiradi.

Qabul qilingan hujjatda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari soat 21:00 dan keyin, kattalar esa 22:00 dan so‘ng telefondan foydalanmasliklari tavsiya etilgan. Qaror mahalliy kengashda 12ta ovoz bilan yoqlab, 7ta qarshi ovoz bilan qabul qilingan.

Shahar aholisi bu tashabbusga turlicha munosabatda bo‘ldi: ayrimlar uni foydali deb hisoblasa, boshqalar “bu amaliy jihatdan qiyin” deb baholagan.

Shu bilan birga, Masafumi Koүki “muhim tomoni — bu mavzuni jamoat muhokamasiga olib chiqish” ekanini ta’kidlab, mazkur tashabbusni ijtimoiy o‘zgarish sari qadam sifatida baholagan.

Ekspertlar bu g‘oyani ta’lim dasturlari va oilaviy muloqotni kuchaytirish bilan uyg‘unlashtirishni taklif etmoqda. Toyoake shahri hozircha natijalarni kuzatmoqda — bu tajriba Yaponiyaning raqamli hayot va insonlararo aloqa o‘rtasidagi muvozanatni topishga bo‘lgan sa’y-harakat sifatida qaralmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya shaharlarida smartfon ishlatishga soatli me’yor joriy etildi