Mutaxassislar olib borgan izlanishlar uy sharoitida it bor-yo‘qligi bolalar sog‘ligiga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatdi, deb yozadi Daily Mail.
Olimlar uy changidan namuna olib tahlil qilishdi va bir yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarni kuzatishdi. Natijalarga ko‘ra, go‘daklik davridan itlar bilan muloqotda bo‘lgan bolalarda astmaga chalinish ehtimoli deyarli ikki barobar kam ekani aniqlandi.
Qizig‘i shundaki, mushuklar bilan bo‘lgan tajribalarda bunday ijobiy ta’sir kuzatilmadi. Mutaxassislar bu holatni itlar bilan yaqin munosabatda yuzaga keladigan mikrobioma bilan izohlashmoqda. Ilgari esa barcha uy hayvonlari bolaning immunitetiga teng darajada foyda keltiradi, deb hisoblangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar